alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI BOSHLIGʻI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

17:07 30.03.2022

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Neʼmatovich Toshkenboyev boshchiligidagi ishchi-guruh Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishchi guruhga institut rektori M.Madazimov hamda prorektorlar ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirdilar.

Uchrashuv avvalida Zulfiya nomidagi, “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sohiblari, “Yosh akademiklar”, “Yil talabalari”, “Yosh volontyorlar” erishgan yutuqlari va bugungi faoliyatlari bilan o‘rtoqlashdilar. “Inkubatsiya va akseliratsiya markazi”, “Simulyatsiya markazi”, Axborot-resurs markazi, Anatomiya muzeyidagi talabalar bilan bo‘lgan suhbatda markazlarda yoshlarning sifatli va samarali ta’lim olish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, modul-kredit tizimi, institutning xalqaro va milliy reytinglardagi o‘rnini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, talabalar turar joyidagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar va fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishchi guruhning navbatdagi tashrifi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizga tashriflari chog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasini qayta tiklash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan hozirda klinikada qurilish ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruh klinikaning qayta rekonstruksiya ishlari hamda barpo etilayotgan 1000 o‘rinli o‘quv binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!