alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYATIMIZ OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDAGI TAʼLIM SIFATI TAHLIL QILINDI

20:47 30.03.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining ishchi-guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifati oʻrganildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Andijon viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ishtirokida “Viloyatda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalar” boʻyicha tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda viloyatdagi mavjud taʼlim muassasalari, oliy oʻquv yurtlaridagi taʼlim sifati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek,  professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, moddiy texnika bazasidan foydalanish, metodik taʼminotni yaxshilash, talabalar bilimlarini baholash tizimiga alohida eʼtibor qaratildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!