Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida ham iqtidorli yoshlar ko‘p. Ular viloyat va respublika miqyosida ta’lim, fan, san’at, sport kabi sohalarda yuqori o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
Mazkur iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan “Litsey iftixori” stipendiyasiga munosiblarni saralash uchun tanlov o‘tkazildi. Mazkur suhbatlarda o‘g‘il-qizlar o‘zlarining bor mahoratlarini hakamlar hay’ati a’zolariga namoyish etishdi.