ANDIJON TUMANIDA TIBBIY KOʻRIKLAR DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON TUMANIDA TIBBIY KOʻRIKLAR DAVOM ETMOQDA

18:39 01.04.2022

Xalqimiz salomatligiga kamarbasta boʻlayotgan Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan  “Kengash” MFYda joylashgan Xrabek toʻyxonasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 15 turdagi mutaxassisliklardan iborat 24 nafar xodimlar ishtirok etib,  3-4-guruhlarga kiritilgan 628 nafar aholining salomatligi tekshirildi.

Koʻruvlar davomida 274 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 12 nafar bemor tuman markaziy shifoxonasiga, 1 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yoʻllanmalar asosida yuborildi. 59 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Qolgan bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 211 ta UTT, 192 ta EKG va 205 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.

Skip to content