alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIGʻILISHI TAʼLIM SIFATI SAMARADORLIGIGA BAGʻISHLANDI

19:15 01.04.2022

Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, ushbu hafta mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining ishchi guruhi Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldi. Unda ishchi guruh tomonidan institutimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, muassasamizning milliy va xalqaro reytingdagi oʻrni, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, taʼlim sifatini rivojlantirish borasida suhbatlar oʻtkazildi.

Yigʻilish avvalida mart oyi davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlar va iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari ragʻbatlantirildi.

Soʻngra kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi. Institutda talabalarning davomati va ularning darslardagi faolligi, professor-oʻqituvchilar, yoshlar oʻrtasida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining “Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq Kodeksini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida belgilab berilgan tartib-qoidalar, darslarda yangi oʻquv metodikalarini qoʻllash, yangi texnologiyalardan foydalanish kabi mavzularda soʻz bordi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!