Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BUGUN KEGEYLINING 102 NAFAR AHOLISI SALOMATLIGI TEKSHIRILDI

19:57 01.04.2022

Kegeyli tumanining aholisi Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislaridan minnatdor. Boisi tumanda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar bilan birga bemorlarda bepul jarrohlik amaliyoti oʻtkazilmoqda.

Bugun 102 nafar aholining salomatligi tekshirildi. Dotsentlar B.Mirzakarimov, B.Dauletbayev va N.Bozorov tomonidan tuman shifoxonasining terapiya va xirurgiya boʻlimida davolanayotgan bemorlar koʻruvi olib borildi va ularga davolanishning yangi standartlari boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, B.Mirzakarimov tomonidan 10 oylik chaqaloqda «Grija magna» tashxisi bilan, N.Bozorov tomonidan «Qorin boʻshligʻi kistasi» tashxisi bilan xirurgik davolash va Z.Asxanov tomonidan esa terining rekonstruktiv operatsiyalari oʻtkazildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!