Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan tibbiy koʻrik tadbirlari aholimizning salomatligi va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Andijon tumanidagi “Sharq yulduzi” MFYda oʻtkazilgan aksiya ham bunga misol boʻla oladi. 3-Oilaviy poliklinikada boʻlib oʻtgan koʻrikda institutning 15 turdagi mutaxassisliklardan iborat 26 nafar xodimlar ishtirok etdi va ular 3-4-guruhga kiritilgan 524 nafar aholini tekshiruvdan oʻtkazdilar.
Tadbir davomida 134 ta bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 10 nafar bemorga tuman markaziy shifoxonasiga, 2 nafar bemorga viloyat davolash muassalariga yoʻllanmalar berildi. 37 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Koʻruvlar davomida 5 nafar tibbiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarga joylarida tibbiy koʻrik amalga oshirildi. Tibbiy tekshiruvlarda 167 ta UTT, 178 ta EKG va 174 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.