alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KEGEYLIDA YOSHLAR FORUMI

20:56 02.04.2022

Andijon viloyatiga biriktirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumani bugun oʻzgacha qiyofa kasb etmoqda. Yangilanishlarga oʻz xissasini qoʻshayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatildi. Institutimiz rektori M.Madazimov boshchiligida professor-oʻqituvchilar va bir qator talabalarimiz ham bugun Kegeyli tumani yoshlar forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida oʻtgan turli sport tadbirlarida, koʻrik-tanlovlarda respublikamiz yoshlari munosib qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi.  “Open air” avvalida Andijon viloyati hokimi kubogi sovrindorlari munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamolovlar yoshlarni qutladi.

Taqdirlash marosimidan soʻng tashkillangan gala-konsert barcha yoshlarga xursandchilik baxsh etdi. Ular estrada xonandalariga joʻr boʻlib qoʻshiqlar kuylashdi, shoʻx kuylarga raqsga tushishdi. Forum chinakam doʻstlik bayramiga aylandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!