Respublikamizning oily ta’lim muassasalarida Oliy ta’lim vazirligining “Talabalar turar joylarida ijtimoiy ma’naviy muhit holatini o’rganish va uni yaxshilashni yanada samarali tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’iga ko’ra guruh tomonidan talabalar turar joylari o’rganilmoqda. Ishchi guruh tarkibida Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ham bor. Bugun ular Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.