Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litseyining tabiiy fanlar yo’nalishi o’quvchlari biologik fizika informatika tibbiy texnologiyalar kafedrsida bo’ldilar. Kafedra mudiri, dotsent Sh.G’ulomov o’quvchilarni Biofizika faniga oid avtomatlashtirilgan laboratoriya kompleksi bilan tanishtirdi. Shuningdek, o’quvchilar Akademik innovatsiyalar fondi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan,” O’zbekistonda klinik injenering bo’yicha qo’shma magisterlik dasturi” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida olingan vertual laboratiriya va klinik injener elektron stoli komlekslari haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. O’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.