alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KITOBLAR HAFTALIGI START OLDI

14:40 05.04.2022

Kitobga oshno bo‘lgan kishi, oddiy so‘z bilan aytganda hech qachon zamondan ortda qolmaydi. O‘qigan sari tafakkur va dunyoqarash ko‘payaveradi. Andijon davlat tibbiyot institutining Axborot-resurs markazida esa Siz ham zamonaviy, ham bilimdon bo‘lasiz.

Markaz tomonidan tashkillangan  “Agar yolg‘iz ersang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdur!” mavzusidagi kitoblar haftaligi start oldi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joizki, 2022-yil holatiga ko‘ra, markazda kitob fondi 27391 nomda 213107 nusxani  tashkil etadi. Shundan 528 nomda 73224 nusxa darsliklar, 799 nomda 38944 nusxa o‘quv qo‘llanmalar, 16043 nomda 51015 nusxa ilmiy adabiyotlar, 3087 nomda 22581 nusxa badiiy adabiyotlar, 5424 nomda 13588 nusxa siyosiy adabiyotlar, 2410 nomda 13755 nusxa boshqa adabiyotlardir. Shuningdek, joriy yilda 384 nomda 4590 nusxa yangi adabiyotlar olindi.

Tadbir avvalida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda ilmiy, badiiy adabiyotlar namoyish etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ochib berdi va institutimizda, ayniqsa talabalarni tibbiyotga oid kitoblar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, xalqaro miqyosdagi adabiyotlarning elektoron nusxalarini ham ko‘paytirish ustida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi. Axborot-resurs markazi rahbari M.Ahmedova esa kutubxona faoliyati bilan tanishtirdi. “Andijonnoma” gazetasining muxbiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi F.Mirzaolimova o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

So‘ngra 1-UAShT kafedrasi mudiri, professor Z.Salohiddinovning “Saodat manzili” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Kitobda jamiyatda oilaning tutgan o‘rni, qadimiy urf-odatlarimizning ahamiyati, er-xotin va ota-onaga farzandlarning munosabati, farzand tarbiyasiga keng urg‘u berilgan.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan kitob haqida she’rlar, go‘zal raqslar va kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!