Ramazon mehr-oqibat va sahovat oyi. Ayniqsa, bu oyda keksalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalardan xabar olish yanada savobli.
Andijon davlat tibbiyot instituti psixologi Oʻ.Arziqulov, Davolash fakulteti tyutori D.Asqarova hamda fakultet talabalari tomonidan Andijon shahridagi Bobosadin mahallasida “Sahovat – benazir qadriyat” loyihasi tashkil etildi. Bunday xayrli ishdan MFY faollari va Obihayot koʻchasidagi koʻpchilik quvondi. Xonadonlarda mehr-oqibat va insoniylik mavzusida suhbat o’tkazildi.
Boʻlajak shifokorlar keksalarning salomatligini oʻrgandilar. Eʼtibor va Ramazon tuhfasi sifatida berilgan sovgʻalardan, ayniqsa onaxonlar cheksiz minnatdor boʻlishdi.