Piyoda yurish o‘lim holatlari va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish bilan birga aql zaiflashuvi, diabet, depressiya, yo‘g‘on ichak saratoni, semizlik, bo‘g‘imlar kasalliklari, erektil disfunksiyaning oldini oladi. Bu borada shifokorlarimiz juda yaxshi ma’lumotga ega.
Erta tongdan salomatligini o‘ylab, ochiq havoda ham sayr, ham jismoniy harakatni niyat qilgan Davolash fakultetining jamoasi “Salomatlik uchun 5 ming qadam” loyihasini o‘tkazdilar. Ularga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ham hamrohlik qildi.