17- aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti meditsina fakultetining bir guruh talabalari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Institut xalqaro hamkorlik bo‘limida o‘shlik talabalar bilan urashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ular Andijon davlat tibbiyot institutidagi o‘quv jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘zgarish va yangiliklar xususida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
O‘sh davlat universitetidan kelgan yoshlar joriy yilning 17-aprelidan 27- apreligacha Andijonda bo‘ladilar va “Talabalar mobilligi” dasturi bo‘yicha qisqa muddatli sikl mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishlarini davom ettiradilar.