Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Jumladan, Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida Farmatsiya yo’nalishining talaba-qizlariga tikuvchilik sirlari bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.
Shuningdek, talabalar dorixonalarda ham bo’lib ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga mutaxassislar dorilarning tarkibi, amal qilish muddatlari hamda haridorlar bilan munosabatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.