Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi markaziy apparati va tizimidagi rahbar xodimlarining boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha maxsus oʻquv kursining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Mazkur o‘quv kursida Andijon davlat tibbiyot institutining Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusher-ginekologiya, neonatologiya, endokrinologiya kafedrasi dotsenti D.Ergashbaeva hamda Farmakologiya, klinik farmokalogiya va tibbiyot biotexnologiya kafedra mudiri D.Kurbanova ishtirok etmoqda.