Stomatologiya fakultetida taxsil olayotgan “Yosh gitarachilar” jamoasining shoʻx qoʻshiqlari har bir tadbirimizga fayz kiritmoqda. Ularning sanʼatdagi mahoratiga barchamiz havas qilamiz, shu qatorda talabalar ham. Shu bois talabalar turar joyida yashaydigan musiqa shaydolari boʻsh vaqtlarini “Yosh gitarchilar” jamoasi bilan oʻtkazadilar.
Prezidentmiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida jamoa aʼzolari koʻngilli talabalarga musiqa sirlarini oʻrgatishmoqda.