“KINO-KARVON” ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KINO-KARVON” ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

16:36 13.04.2022

O‘sha biz sevib tomosha qiladigan film qahramonlari institutimizda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. “Kino-karvon” loyihasi asosida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Hosiyat Husanova, Vazira Yunusova, aktyor Rasulxon Qodirxonov, Umid Iskandarov, Bekzod Tojiev, Andijon viloyati Musiqali drama teatri aktyori Avazbek Xasanov ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov so‘zga chiqib, bugungi kunda talabalarimiz tibbiyot sohasida ilmiy ishlar olib borish bilan birga, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol bo‘layotganliklarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Sevimli kino qahramonlarimiz ham kino sohasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar, tarixiy va zamonaviy kinolarning turmush hayotimizdagi ahamiyati borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida karonavirus pandemiyasi paytida shifokorlarimizning matonati, sabr-bardoshi alohida e’tirof etilib, “Ayol qalbi” filmi aynan tibbiyot sohasi vakilasining ish jarayoni, qiyin vaziyatlarda bemorning hayoti uchun tengma-teng kurash olib borishi tasvirlanganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbirning avj nuqtasi aktyor Rasulxon Qodirxonov bilan davom etdi. Talabalarimiz ishtirokidagi kichik sahna ko‘rinishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!