Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA XORIJIY TALABALAR UCHRASHUVI

09:41 14.04.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan xorijiy talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida institut rektori Prezidentimiz tomonidan tibbiyotga alohida e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa tibbiy ta’limga yangicha zamonaviy yondashuvlar olib kirilayotgani haqida ma’lumot berdi va bunda xorijlik talabalar ham innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishlari, bu borada shaxsan rektor va prorektorlar qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirdi.

Shuningdek, suhbat davomida yotoqxonadagi shart-sharoitlar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdagi yaratib berilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Talabalar ham o‘z navbatida mavzu borasidagi fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!