Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUYASSAR AHUNOVAGA BAG‘ISHLANGAN XOTIRA TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

13:54 14.04.2022

Inson umri yillar bilan emas, yaxshi ishlari va fazilatlari bilan qadrlanadi. Muyassar Ahunova ham Andijon davlat tibbiyot institutining jonkuyar ustozlaridan bo‘lgan. 1990-yildan to umrining oxirigacha bo’lgan faoliyati davomida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi sifatida talabalarga bilim berdi. Shu bilan bir qatorda Davolash fakultetining dekan o‘rinbosari, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Xotin-qizlar kengashi a’zosi, o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul, nazorat komissiyasining a’zosi, viloyat targ‘ibot guruhining faoli sifatida jamoat ishlarida tashabbuskor bo‘ldi.

Xotirlash tadbirida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Umumiy jarrohlik kafedrasi professori X.Musashayxov, IKP kafedrasi mudiri R.Yo‘ldoshev, O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Qo‘ziboyeva, Andijon davlat universitetining O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti G.Qobiljonova, Andijon mashinasozlik institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti O.Po‘latova hamda ustozning yaqin qarindoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar M.Ahunovaning hayoti va faoliyati, vazifasiga sitqidildan yondashishi, fidoiy ustoz bo‘lganligini chuqur hurmat bilan yodga oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!