Institutda korrupsiyani oldini olish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan fakultetlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Davolash hamda Stomatologiya fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarning davomati, darslardagi faolliklari, o‘quv xonalarining moddiy-texnika baza bilan ta’minlanganligi mavzularida so‘z bordi. Mavzu borasida talabalar va professor-o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ham ma’lumotlar keltirildi.