Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAMANGAN ABU ALI IBN SINO JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

15:59 15.04.2022

Namangan Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida Andijon davlat tibbiyot instituti va Tibbiyot texnikumlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Tadbirda O‘quv ishlari prorektori B.Abdullajanov, akademik litsey va texnikumlarga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori  X.Sapioxunova, Andijon, Bo‘ston, Paxtaobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumlari kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, uslubchilari, kafedra mudirlari va talabalar ishtirok etdi.

Ular Namangan Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida amaliy darslar olib borilishi, ARM faoliyati, o‘quvchilar yotoqxonasi va boshqa yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Uslubchilar va kafedra mudirlari o‘rtasida ham tajriba almashildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!