“Madaniyat oyligi” doirasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus boʻyicha tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Stomatologiya fakulteti talabalari Axborot-resurs markazidagi yangi adabiyotlar bilan tanishdilar. Badiiy va ilmiy kitoblar va matbuot nashrlarini koʻzdan kechirgan talabalar darsdan boʻsh vaqtlarini markazda oʻtkazdilar. Barcha talabalar oʻzlari yoqtirgan asarlarini mutolaa qildilar.