Rossiya Federatsiyasining Maxachkala shahrida Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Spasibo o soxrani” 5-umumrossiya olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 4 nafar talabasi munosib ishtirok etdi va soha boʻyicha egallayotgan bilimlarini namoyish eta oldilar. Quvonarlisi, bir qator xalqaro jamoalar ichida bizning talabalar gʻoliblikka, yaʼni 1-oʻringa erishdilar.
Shuningdek, jamoa rahbari, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri olimpiadaning bosh hakami sifatida qatnashdi.
Gʻolib boʻlgan ishtirokchilarning barchasi 1-darajali diplom, sertifikat, olimpiada kubogi hamda oltin medal bilan taqdirlandi.