Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MAQSADIDA VILOYAT ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI TOMONIDAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

16:05 16.04.2022

Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A. Rahmatullayev ishtirokida Andijon viloyatidagi mavjud OTMlarning talabalari bilan Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Unda viloyatimiz OTM jamoasi qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti rekktori M.Madazimov, prorektorlar, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi talabalar bilan 2021-2022-yillar davomida viloyatda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi talaba-yoshlarning qiziqtirgan savollariga hayotiy misollar bilan javob berdi.

Shuningdek, huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha viloyatdagi 8 ta OTM rektor va direktorlari bilan hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Viloyatda huquqiy targʻibotlarda faol ishtirok etgan 15 nafar talaba-yoshlar qatorida institutimizning ikki nafar talabasi – Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabasi A.Yo’ldoshev hamda Kasbiy ta’lim yo’nalishining 6-bosqich talabasi D.Zaynobiddinovaga ham boshqarma boshligʻi tomonidan estalik qoʻl soatlari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur ochiq muloqot institutimizning Ilmiy kengashlar zalida ham onlayn tarzda o’tkazildi. Unda ham bo’lim boshliqlari, dekanlar, ularning o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!