Farmatsiya yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarni amaliyotga jalb qilish va ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha Namangan viloyatidagi “MerryMedfarm” MChJ bilan hamkorlikda samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy kengashlar zalida MChJ xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda MChJning eksport va import bo‘limi boshlig‘i A.Vahobov, institutning marketing bo‘limi boshlig‘i A.Ziyaev. farmatsiya yo‘nalishi mas’uli Sh.Bozorov hamda talabalar ishtirok etdi.
Dastavval talabalarga korxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. Yo‘nalish mas’uli 3-4-bosqich talabalarini amaliyot o‘tash jadvali bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng amaliyot o‘tash jarayonlarida korxona tomonidan talabalarga imkoniyatlar yaratib berish, buning uchun yetakchi mutaxassislarni jalb etish va ularni ish bilan ta’minlashga kelishib olindi.