Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy koʻrik Andijon shahridagi “Shoʻrbuloq” MFYda oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 18 nafar xodimlar ishtirok etdi. Unda 371 nafar aholining salomatligi tekshirildi. Koʻruvlar davomida 3 nafar bemor uy sharoitida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 92 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 3 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yoʻllanma orqali yuborildi. 92 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 132 ta UTT, 94 ta EKG va 104 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.