Ma’lumki, Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari Davlat boshqaruv akademiyasida maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirib qaytishgan edi.
Bugun ushbu maxsus o‘quv kursini yakunlagan Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusher-ginekologiya, neonatologiya, endokrinologiya kafedrasi dotsenti D.Ergashbaeva hamda Farmakologiya, klinik farmokalogiya va tibbiyot biotexnologiya kafedra mudiri D.Kurbanova tomonidan Qo’rg’ontepa va Izboskan tumanlarida mahalla xotin-qizlar faollari uchun mahallalarda ishsiz ayollarni o‘zini o‘zi band qilishni tashkil etish va soliq imtiyozlari, “Ayollar daftari” bilan ishlash, xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash mavzularida seminar treninglar o‘tkazmoqdalar.