Malakali mutaxassislarimizning navbatdagi tibbiy ko‘rigi Andijon shahridagi “Mustaqillik” MFYda o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 24 nafar xodimlar ishtirok etdi. Ular 475 nafar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Ko‘ruvlar davomida 5 nafar bemor uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 112 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 4 nafar bemor viloyat davolash muassalariga yo‘llanma orqali yuborildi. Tibbiy tekshiruvlarda 122 ta UTT, 105 ta EKG va 92 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazildi.