Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutda talabalar o‘rtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Davolash fakultetining 2-bosqich talabalari o‘rtasida “The Best of the best” shiori ostida ingliz tili fani bo‘yicha fan olimpiadasining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda qiyinchilik darajasiga ko‘ra tasniflanadigan jami 50 ta test topshiriqlaridan yetarli ball to‘plagan talabalar 2 bosqich so‘zlashish (speaking) ko‘nikmasi bo‘yicha bellashadilar.
Bu kabi tanlovlar talabalarning til o‘rganish bo‘yicha qiziqish va ko‘nikmalarini shakllantirib, o‘zlashtirish qobiliyatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.