Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy koʻrik Andijon shahridagi 5-OPga qarashli “Sadda” MFY xududida oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlar ishtirok etdi. Ular 398 nafar aholining salomatligini tekshirdilar. Koʻruvlar davomida 2 nafar bemor uy sharoitida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 112 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 13 nafar bemor OP da tashkil etilgan shifoxonaga yotqizildi. 25 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 101 ta UTT, 79 ta EKG va 83 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.