Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi “Sogʻlom hayot sari 5 ming qadam” loyihasi doirasida yurish mashqlarini olib borishmoqda. Bu gal Stomatologiya fakulteti xodimlari va professor-oʻqituvchilari tashabbusni qoʻlga olishdi.
Mazkur tadbirda koʻngilli ravishda ishtirok etganlar ham salomatliklari uchun, ham jamoaviy hordiq chiqarish uchun piyoda yurdilar. Quvonarlisi, shifokorlardan oʻrnak olgan fuqarolarimiz ham ularga qoʻshildilar.