Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yinlari yarim final bosqichining 2-tur baxslari o‘tkazildi. Unda 12 ta jamoa bilimda bellashdi. O‘yinda turli sohalarga oid savollar bilan birga mantiqiy savollar ham berilib, bilimdonlarning fikrlash qobiliyatlari ham sinaldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Albion” hamda “Dominant” jamoalari keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Oldinda yana 2 ta tur baxslari bo‘lib, unda ham 6 ta jamoa saralab olinadi.