Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan Andijon tumanidagi “Rovvot” MFYda joylashgan Rovvot OShPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institutning 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 24 nafar xodimlari ishtirok etdi. Unda 3-4-guruhlarga kiritilgan 265 nafar aholining salomatligi tekshirildi. Ko‘ruvlar davomida 75 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 2 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yo‘llanmalar orqali yuborildi. 47 nafar bemorlarga esa bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 92 ta UTT, 86 ta EKG va 73 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazildi.