Ishdan boʻsh vaqtlarini sport bilan oʻtkazishni maqsad qilgan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi turli mashgʻulotlar olib borishmoqda. Bu galgi tashabbusni Pediatriya va Davolash fakultetining dekanlari, ularning oʻrinbosarlari, tyutorlari, professor-oʻqituvchilari va talabalari oʻz qoʻllariga olishdi.
Basketbol, mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi sport bellashuvlari salomatlikni mustahkamlash barobarida doʻstlik rishtalarini bogʻlashga ham xizmat qildi.