Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“EKIN-TEKIN” MFYDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK OʻTKAZILDI

14:02 26.04.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy koʻrik Andijon tumanidagi Xojibekov OShPda oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 20 nafar xodimlar ishtirok etdi. Ular 340 nafar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar. Koʻruvlar davomida 7 nafar bemorni uy sharoitida salomatliklari tekshirildi. 217 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 9 nafar bemorga statsionar davolanishga yoʻllanmalar berildi. 32 nafar bemorlarga esa bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 105 ta UTT, 72 ta EKG va 64 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!