Viloyat hokimi tashabbusi bilan shahrimizdagi “Ekopark”da maʼdaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining talabalari ham ishtirok etdi. Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda yoshlar tomonidan goʻzal sheʼrlar oʻqildi, shoir ijodiga bastalangan qoʻshiqlar kuylandi.
Tadbirda barcha qatori talabalarimiz va jamoamiz maroqli hordiq olishdi, shoʻx qoʻshiqlarga raqsga tushishdi.