“Madaniyat va yoshlar oyligi” doirasida shahrimizdagi “Ekopark”da ko‘ngilochar tadbirlar davom etmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi aholimizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelishmoqda. Bu galgi tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, yoshlarning, ayniqsa, jajji bolajonlarning quvonchiga sherik bo‘ldi.
Davrada talaba-yigitlarimiz ijrosida “Andijon polkasi” raqsi namoyish etildi. Yoshlar qatorida katta avlod vakillari ham sho‘xchan raqsga tushdilar. Yoshlikni, muhabbatni, Vatanni madh etguvchi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning go‘zal she’rlari o‘qildi, qo’shiqlar kuylandi.
Oqshom tadbiri mana shunday quvnoq kayfiyatda tungacha davom etdi.