Uchrashuvni O‘quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov olib bordi. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining topshiriqlariga asosan o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalarni 2022-yil 29-apreldan joriy o’quv yili semestridan darslarga qatnashishi uchun ruxsat berilganligini takidlab o‘tildi.
Shuningdek, ularga Ukraina Respublikasidagi notinch vaziyat yakunlangach, talabalar tahsil olgan oliy ta’lim muassasasida tegishli hujjatlari, belgilangan talablar darajasida taqdim etilgandan so‘ng talabalikka qabul qilish buyrug‘i rasmiylashtirilishi ham bildirildi.