Sog‘lom turmush tarziga amal qilishning eng oson va samarali usuli bu – piyoda yurishdir. Ochiq havoda do‘stlar davrasida mazkur mashqni bajarish esa kayfiyatni a’lo darajada ko‘tarishga xizmat qiladi.
Pediatriya fakultetining xodimlari va professor-o‘qituvchilari erta tongdan “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” loyihasida ishtirok etdilar. Jamoa bo‘lib yurishning gashti o‘zgacha ekanligini dildan his qilgan kasbdoshlar mana shunday loyihalarda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar doim.