Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom va ushbu Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi buyrugʻiga asosan institut talabalari va professor-oʻqituvchilarining salomatligi tekshirildi. Bugun 700 nafardan ortiq davolash fakultetining 1-kurs talabalari koʻrikdan oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Koʻruvlar davomida talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda koʻrsatmalarga asosan 53 ta UTT va 64 ta EKG tekshiruvlari olib borildi.