Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov 2 bosqichda:
1 – saralash bosqichi (2022-yil 24-maydan 31-maygacha) o‘tkaziladi. Test savollariga ishtirokchilar http://tanlov.kasaba.uz/ sayti orqali javob beradilar. Saralash bosqichi natijalari 2022-yilning 3-iyuniga qadar kasaba.uz saytida e’lon qilinadi.
2 – respublika bosqichi (2022-yil 10-20-iyun kunlari oralig‘ida) o‘tkazilib, unda saralash bosqichidan o‘tgan talabalar ishtirok etadi. Ular videokonferens aloqa shaklida blits savollarga javob berdilar.
Tanlovning respublika bosqichida 3 nafar g‘oliblar aniqlanadi va sertifikat hamda quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: televizor;
2-o‘rin: noutbuk;
3-o‘rin: planshet.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun kasaba.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.