Andijon davlat tibbiyot institutida Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Talabalarda kreativ yondashuvni shakllantirish muammolari” mavzusida ilmiy –amaliy anjuman oʻtkazildi. Unda institut ilmiy boʻlimi boshligʻi G.Mamatxoʻjayeva, davolash fakulteti dekan oʻrinbosari M.Oʻlmasov professor-oʻqituvchilar, viloyatimizning 6 ta oliy taʼlim muassasasi vakillari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Andijon, Paxtaobod jamoat salomatligi texnikumi oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdi.
4 shoʻbada oʻtkazilgan mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada talabalar oʻz maʼruzalarida qiziqarli maʼlumotlarni kreativ yondashuv asosida tahlil qildilar. Maʼruzalar oʻzbek, rus, ingliz tillarida olib borildi. Bu esa talabalarning tillarni oʻzlashtirish borasidagi ishtiyoqlarini yanada orttirmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga institutning sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan topshirildi.