Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

3-UMUMTA’LIM MAKTABIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” YANGRADI

11:52 25.05.2022

Bugun maktab bitiruvchilari uchun hayajonli va unutilmas kun. Ular “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari ostidla qadrdon ta’lim dargohi bilan hayrlashadilar.

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan shahrimizdagi 3-umumta’lim maktabida ham tadbir tashkil etildi. Unda maktab jamoasi qatori institut rektori M.Madazimov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultet dekani o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan institut rektori bitiruvchilarga oq yo‘l tilab, kelajakda izlanishda charchamay, ulkan marralar sari olg‘a qadam tashlashlari, shifokor bo‘lishni niyat qilgan o‘g‘il-qizlar uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, eng faol bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga institutning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Bayram kuy-qo‘shiq va raqslar bilan fayzli. O‘quvchilar tayyorlagan konsert dasturlariga institiuning iqtidorli talabalari tomonidan “Andijon polkasi”, “Surxoncha” raqslari jo‘r bo‘ldi. Ayniqsa, “Yosh gitarachilar” guruhining sho‘x qo‘shiqlari barchani davraga chorladi. Ular tomonidan ijro etilgan “Hayr, maktabim” qo‘shig‘i tadbirning avj nuqtasiga aylandi. Quvonch ko‘z yoshlari bitiruvchilar va ularning ustozlarida aks etdi.

Qalblarni larzaga solib “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangradi…

 

Skip to content Click to listen highlighted text!