Talabalar almashinuvi dasturi doirasida xalqaro hamkor tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Unga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari hamkor oliy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tab kelmoqdalar.
Xususan, Davolash fakultetining 4 nafar talabalari ham Asfandiyarov nomidagi Qozoq Milliy tibbiyot universitetida amaliyot olib borishmoqda. 1 oy davomida talabalar universitet talabalari bilan birga o‘qiydilar va tajriba almashadilar.