Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan Oltinkoʻl tumani 44-oilaviy poliklinikasi xududida ijtimoiy himoyaga muxtoj aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etib, 3-guruhga kiritilgan 251 nafar aholining salomatligi oʻrganildi. Koʻruvlar davomida 4 nafar bemor uy sharoitida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 97 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 4 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yoʻllanma orqali yuborildi. Bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 112 ta UTT, 67 ta EKG va 74 ta laborator tekshiruvlari olib borildi.