Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika Oliy ta’lim kengashi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”;
- “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”;
- “Eng yaxshi guruh murabbiysi”;
- “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari o‘rtasida;
- “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi esa talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov 2 bosqichda olib boriladi:
1-bosqich 2 ta shart asosida:
1-shartda nomzodlarning nominatsiyalar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining samaradorligi va natijadorligi taxlili (xujjatlar asosida), 2-shart esa sohaga doir savollardan iborat test sinovi (yoki suhbat) asosida o‘tkaziladi.
2-bosqich Respublika bosqichi bo‘lib, unda ham 2 ta shart asosida:
1-shartda nomzodlarning xujjatlari saralanadi va yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari eng yuqori baholangan 15 nafargacha nomzod keyingi shartda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
2-shartda esa nomzodlar tanlangan nominatsiyasi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot (multimediya) qilib beradi. Taqdimotlar natijasiga ko‘ra, Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi.
G‘oliblar har bir nominatsiya bo‘yicha 1-. 2-. 3-o‘rinlar uchun diplom, statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40, 35 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovdja ishtirok etishni istaganlar 2022-yilning 15-iyuniga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga xujjatlari bilan murojaat qilishlari mumkin.
To‘liq ma’lumot uchun ilova: