Andijon davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, publitsist va xajvchi adib Vosit Ahmadning “Sinovli yillar” hamda “Shoʻrlikkina kitobim” nomli hamda rassom, yozuvchi, jurnalist Odiljon Nishonovning “Andijonim qalb gavharim” nomli kitiobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari M.Ortiqova, Teatr arboblari uyushmasi aʼzosi, dramaturg Ziyo Najmiy, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi U.Egamberdiyeva, asar mualliflari, institut Stomatologiya fakulteti dekani oʻrinbosari X.Mahmudov, psixolog O’.Arziqulov hamda Axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Vosit Ahmad va Odiljon Nishonovning hayoti va faoliyatlari, asarlari haqida talabalarga maʼlumot berildi. Ularning sheʼrlari, rasmlari va xajviyalaridan namunalar keltirildi. Asar mualliflari tomonidan institutimiz kitob fondiga mazkur kitoblar taqdim etildi.