Qadrli talaba-yoshlar!
2022-yil 10-iyun kuni soat 11.00 da Andijon davlat tibbiyot instituti ARM qoshidagi o’quv zalida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida giyohvandlik va uning nohush oqibatlari, keng tarqalishini oldini olish, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, og`u yo`liga yo`lamaslik uchun ularda immunitet hosil qilish maqsadida “Giyohvahdlik – kelajak zavoli” mavzusida esselar tanlovi o`tkaziladi. Tanlov g`oliblari institut rektori tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.
Mazkur tanlovda barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning kichkinagina da`vatingiz sog`lom va baxtli hayotimiz uchun zamin bo`lishi mumkin.
Tashkiliy qo`mita.