Andijon davlat tibbiyot instituti iqtidorli talabalari uchun “Rektor stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi.
Institutning barcha fanlarini chuqur o‘zlashtirgan, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti faoliyatida qatnashib kelayotgan, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlar, tanlov hamda fan olimpiadalari sertifikatlariga ega bo‘lgan, sport va ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan, International English Language Testing System (IELTS academic), Test of English as a Foreign Language (TOEFL), Goethe-Zertifikat, TestDaf, Diplôme d’Etudes en Language Française (DELF) til sertifikatlariga ega bo‘lgan, Start-up loyihalari g’olibliklarini qo’lga kiritgan iqtidorli talabalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishchi guruhga quyidagi xujjatlar taqdim etish so‘raladi:
– Ilmiy ishlardagi yutuqlari (ilmiy kotib tasdig‘idan o‘tgan chop etilgan maqolalar, tezislar, sertifikat, diplomlardan nusxa)
– Reyting daftarchasi nusxasi (dekanat tomonidan tasdiqlangan holda);
– Dekanat tavsiyanomasi;
– Kafedra to’garak rahbari tavsiyanomasi;
– O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti rahbari tavsiyanomasi;
– Erishgan yutuqlari ro‘yxati (tasdiqlovchi asl hujjatlari);
– Start-up loyihalari g’olibligi;
– Xorijiy til bilish sertifikati.
“Rektor stipendiyasi” tanlovida 3- va 4-bosqichni tamomlagan bakalavriyat talabalari ishtirok etishlari mumkun.
Xujjatlar 2022-yil 16-iyunga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami: +99899-905-25-50 (Sh.Ya.Bustanov)